Jamiyat | 10:50 / 06.03.2016
3352
1 daqiqa o‘qiladi
Honduras poytaxtida politsiya libosidagi jinoyatchilar 10 kishini otib ketishdi
Honduras poytaxti Tegusigalpa shahrida qurolli shaxslar hujumi vaqtida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Voqea 5 mart kuni ro‘y bergan. Ma'lum qilinishicha, politsiya libosini kiygan 5 nafar shaxs bilyardxonaga avtomobilda kirib kelgan va AK-47 avtomatlari orqali o‘t ochishgan.
Voqea joyida 8 kishi halok bo‘lgan. Yana 2 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga olib borilgach, jon bergan.
Ma'lumot uchun, Hondurasda har kuni o‘rtacha 16ta qotillik ro‘y beradi. Asosiy holatlar turli jinoiy guruhlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli sodir bo‘ladi.