Ispaniya chempionati, 28-tur: "Real" "Selta"ga 7 ta to‘p urdi
Madridning "Real" jamoasi futbolchilari Ispaniya chempionatining 28-turida o‘z maydonlarida "Selta"ni 7:1 hisobida tor-mor etdilar.
Qirollik klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu poker (4 ta gol) amalga oshirdi. Shuningdek, "Real" safida Pepe, Xese va Garet Beyl o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘yishdi. Mehmonlar safida prestij golini Yago Aspas kiritdi.
Ta'kidlash joizki, Ronaldu Primera tarixida 250 ta gol urgan 3-o‘yinchi bo‘ldi.
Shu tariqa "Real" 60 ochko jamg‘arib, musobaqa peshqadami “Barselona” bilan farqni 9 ochkogacha qisqartirdi, biroq kataloniyaliklarda zaxirada bitta o‘yin bor.
Ispaniya Primerasi, 28-tur
Real Madrid – Selta – 7:1
Gollar: Pepe, 41 (1:0); Ronaldu, 50 (2:0); Ronaldu, 58 (3:0); Aspas, 62 (3:1); Ronaldu, 64 (4:1); Ronaldu, 76 (5:1); Xese, 77 (6:1); Beyl, 81 (7:1).