Jahon | 14:50 / 06.03.2016
3366
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya va AQSh eng yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorlanmoqda

Shimoliy Koreyani kelgusida fitna harakatlaridan tiyilishga chaqirish maqsadida Janubiy Koreya va AQSh yaqin kunlarda yirik harbiy hamkorlik o‘quv amaliyotlarini o‘tkazishni boshlaydi.

O‘quv mashg‘ulotlari 7 mart kuni boshlanib, 30 aprelga qadar davom etadi.

Janubiy Koreya mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, unda 300 ming nafar janubiy koreyalik, 15 ming amerikalik harbiy xizmatchilar ishtrok etadi.