Jamiyat | 09:52 / 06.03.2016
2788
2 daqiqa o‘qiladi

London Metropolitan universiteti mutaxassisi O‘zDJTUda seminar o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Iste'dod” jamg‘armasi, Britaniya Kengashi vakolatxonasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda “Tadqiqotlarda xalqaro hamkorlik va oliy maktablarni takomillashtirish” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi.

Xalqaro seminar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazida tashkil etildi.

Treninglarni Angliyaning London Metropolitan universiteti mutaxassisi professor Daniyel Dexayyer o‘tkazdi.

Seminar oliy ta'lim sifatini ta'minlashga qaratilgan dastur doirasida o‘tkazilib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqaro tadqiqotlarni va izlanishlarni ommalashtirish, oliy ta'lim tizimida bugungi kun talabidan keb chiqqan holda xorijiy mamlakatlar ta'lim tizimini milliy ta'lim tizimi bilan taqqoslash, tahlillar natijasida o‘quv rejalardagi fanlar farqi va ularni mutanosibligini aniqlash hisoblanadi.