Jahon | 20:43 / 06.03.2016
4875
1 daqiqa o‘qiladi
Londonda Erdo‘g‘anning kurdlarga nisbatan siyosatiga qarshi namoyishlar o‘tmoqda
Londonda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kurdlarga nisbatan siyosatiga qarshi namoyishlar o‘tmoqda. Minglab odamlar Anqaraning xatti-harakatlari borasida o‘z fikrlarini bildirgani Londonning markaziy ko‘chalariga chiqdilar.
Namoyishchilar kurdlarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishni talab qilishmoqda va Turkiya rahbariyatini IShIDni qo‘llab-quvvatlashda ayblashmoqda.
Namoyishchilar Londonning bosh ko‘chalaridan biri Rijyent-strit bo‘ylab Pikkadilli-serkus maydoniga qarab yo‘l olganlar. Ularning qo‘llarida "Turkiyaning kurdlarga qarshi urushini to‘xtating" va "Turkiya = IShID" degan plakatlar bo‘lgan.