00:03 / 06.03.2016
4944

Londonda "Tottenxem" va "Arsenal" jamoalari muxlislari orasida mushtlashuv kelib chiqdi

Angliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" va "Arsenal" jamoalarining uchrashuvi oldidan jamoalarning muxlislari o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi, deb xabar bermoqda The Sun nashri.

Ta'kidlanishicha, mushtlashuvni to‘xtatish uchun otliq politsiya otryadi jalb qilingan. To‘qnashuvlar oqibatida bir muxlis boshidan jarohat olgan.

Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Top