Jahon | 15:08 / 06.03.2016
2723
1 daqiqa o‘qiladi

Nikaragua prezidenti AQShni Venesuelaga munosabat tufayli keskin tanqid qildi

Nikaragua prezidenti Daniel Ortega Amerika Qo‘shma Shtatlarining Venesuela bilan munosabatlardagi so‘nggi harakatlarini tanqid qildi.

“Venesueladagi davlat to‘ntarilishi Lotin Amerikasiga qarshi zarbadir”, - dedi u hukumatni o‘zgartirish maqsadida AQShning Venesuela ichki siyosatiga aralashuviga ishora qilib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Kubaga ko‘rsatayotgan yaxshi munosabati Venesuela bilan aloqalarni yaxshilay olmaydi.

U AQShning Venesuelaga munosabatini “davlat to‘ntarilishi” deb qayd etgan. Shuningdek, Ortega AQSh Venesuelani qonuniy ravishda Amerika milliy xavfsizligiga tahdid soladi, deb hisoblanishini ham “hazm qilib bo‘lmasligi”ni bildirgan.