Rossiya Ukraina TIVga norozilik notasini yubordi
Rossiyaning Ukrainadagi elchixonasi Ukraina tashqi ishlar vazirligiga elchixona binosi oldiga qo‘yilgan elchixona avtomobillariga hujum qilingani tufayli norozilik notasi yubordi. Bu haqda Rossiya elchixonasining matbuot kotibi Oleg Grishin ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"6 martga o‘tar kechasi kamuflyaj va yopinchiqli kiyimlardagi, beysbol bitalari bilan qurollangan noma'lum shaxslar guruhi Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi oldiga qo‘yilgan avtomobillarga hujum qilgan", deb aytdi Grishin.
Grishinning aytishicha, buning oqibatida elchixonaning 3ta avtomobili jiddiy zararlangan. "Bundan tashqari, bosqinchilar elchixona hududiga tutun shashkalari, mash'alalar uloqtirgan. Ushbu voqea yuzasidan elchixona Ukraina tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasini yubordi", deb ta'kidlab o‘tdi Grishin.
Uning aytishicha, "ko‘rinishicha, bu hujum puxtalik bilan tayyorlangan va tashkil etilgan".