Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi panjarasiga Ukraina bayroqlari o‘rnatildi
Kiyevda Rossiyaga qarshi chiqayotgan namoyishchilar Rossiyaning elchixonasi panjarasidagi Rossiya bayrog‘ini yirtib tashlab, o‘rniga Ukraina bayrog‘ini o‘rnatishdi. Tajovuzkor kayfiyatdagi namoyishchilar elchixona darvozasidagi qulfni buzishga harakat qilgan. Bu haqda Ukraina OAVlari xabar bermoqda.
Avvalroq Rossiya elchixonasiga tuxum va toshlar uloqtirilgan edi. Ukrainalik harbiy Nadejda Savchenkoning ozod etilishi aksiyasi ishtirokchilari elchixona binosidagi oynalarni sindirishgan va videokameralarga shikast yetkazishgan. Bir necha kishi to‘siqdan oshib tushib, elchixona binosi ichiga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Biroq ularni qo‘riqchilar to‘xtatib, tashqariga olib chiqib tashlashgan.
Nadejda Savchenko Rossiyada jurnalistlar Igor Kornelyuk va Anton Voloshinning 2014 yilda Donbassdagi qotilligiga aloqadorlikda ayblanmoqda. Harbiy ayol 23 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Hozirda mahbus norozilik sifatida ocharchilik e'lon qilgan.