Fan-texnika | 17:57 / 06.03.2016
4057
1 daqiqa o‘qiladi
WhatsApp rahbari messenjerlardan ma'lumot yechib olish haqida gapirdi
WhatsApp ixtirochisi Yan Kum o‘z tvitterida Ukraina korrupsiyaga qarshi Milliy byuro rahbari Artyom Sitnikning Ukraina xavfsizlik xizmatining “Viber va WhatsApp messenjerlaridan ma'lumot yechib olish” layoqati haqidagi fikrlariga o‘z munosabatini bildirdi.
“Artyom Sitnik uchun maxsus: ichki shifrlash (skvoznoye shifrovaniye; end-to-end encryption) bu - foydalanuvchining shaxsiy xabarlarini boshqa odam o‘qiy olmaydi, deganidir”, -deb yozadi tvitda u.
Bundan tashqari, Kum “ichki shifrlash” atamasiga to‘liq ma'lumot beruvchi “Vikipediya” materialiga ham yo‘nalish ko‘rsatgan.
Avvalroq xabar berilganidek, Sitnik Ukraina xavfsizlik xizmati Viber va WhatsApp messenjerlaridan ma'lumot yechib olish imkoniyatiga ega ekanini ma'lum qilgan edi.