Jahon | 14:43 / 06.03.2016
5784
1 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin: Xitoy Tayvanning mustaqil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi

Mamlakat rahbari Si Tszinpin Tayvanni Xitoydan ajralishiga hech qachon yo‘l qo‘ymasligini ma'lum qildi.

"XXR prezidenti bu bilan orolni mustaqillik sari har qanday harakatlarga qarshi ekanidan ogohlantirdi. Zarurat tug‘ilsa, Xitoy orol ustidan nazoratni kuch bilan bo‘lsa ham qaytib oladi", deb xabar beradi Reuters agentligi.

“Biz Tayvanni mustaqil qilishga yo‘naltirilgan har qanday ajratimchilik harakatini qat'iy qaytaramiz, mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilamiz va millat bo‘linishi kabi tarixiy fojianing takrorlanishiga izn bermaymiz”, - dedi Tszinpin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu butun Xitoy xalqining umumiy istagi va qat'iy irodasi hisoblanadi.