Jahon | 17:41 / 06.03.2016
2091
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda 2015 yilda 282 mingga yaqin mansabdor intizomni buzgani uchun jazolandi

Xitoyda 2015 yilda 282 mingga yaqin nafar mansabdor intizomni buzgani uchun jazolangan.

“2015 yilda 200 ming nafar odamga yengil hayfsan e'lon qilindi yoki boshqa amalga o‘tkazildi, 82 ming nafar odam esa jiddiy jazo olishdi va ularning amallari jiddiy pasaytirildi”, - deyiladi Xitoy Kommunistik partiyasining intizomni nazorat qilish bo‘yicha Markaziy komissiya bayonotida.

"Xitoy Kommunistik partiyasining intizomni nazorat qilish bo‘yicha Markaziy komissiyasi Kompartiya a'zolari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi tergov ishlarini olib boradi va ularni boshqa qoidabuzarliklari, masalan, haddan ortiq dabdabali hayot tarzi uchun jazolashga haqqi bor", deb xabar beradi TASS.