20:05 / 07.03.2016
3115

Abu Dabidagi bandargohda yong‘in chiqdi

Abu Dabi Ichki Ishlar vazirligi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Yaxtalar Klubi bandargohida yong‘in chiqqani haqida xabar berdi.

Bosh vazir o‘rinbosari va Ichki Ishlar vaziri shayx Saif ibn Zoid shaxsan voqea joyiga tashrif buyurdi. Yong‘inni bartaraf etish uchun o‘t o‘chiruvchilar jalb etilgan.

Yong‘inning sabablari bo‘yicha va jabrlanganlar haqida hech qanday ma'lumotlar mavjud emas.

Top