Malayziya hukumati yo‘qolgan Boeing yo‘lovchilarining oilalarini tovon pulini talab qilishga chaqirdi
Malayziyaning Transport vaziri Liou Tiong Lay Malaysia Airlines Boeing 747 halokati tufayli halok bo‘lgan yo‘lovchilarning oilalariga kompaniyadan tovon pulini talab qilishga chaqirdi.
Vazir bu talabni 8 martgacha amalga oshirish kerakligini aytdi, chunki 1999 yilda qabul qilingan Monreal konvensiyasiga asosan tovon to‘lash talabi ikki yildan so‘ng tugaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Malayziya hukumati halok bo‘lgan insonlarining oilalari xalqaro va mahalliy qonunlarga asosan to‘la huquqqa egaliklarini tushunadi.
Malaysia Airlines o‘tgan oyda oilalarga adolatli ravishda tovon to‘lashni va'da bergan edi.
2014 yilning mart oyida Kuala-Lumpurdan Pekinga uchgan samolyot, taxminan Hind okeanining janubiy qismida qulab tushgan. Samolyotda 227 yo‘lovchi va ekipajning 12 a'zosi bo‘lgan. Oldinroq, Malayziya ularni bedarak yo‘qolgan deb e'lon qilgandi.