Jamiyat | 17:34 / 07.03.2016
10667
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek oshpazlari turli yeguliklardan ulkan xarita tayyorlab, rekord o‘rnatishdi

6 mart kuni “Samarqand darvoza” savdo kompleksida O‘zbekistonning yeguliklardan yasalgan yirik xaritasi yasaldi.

O‘zbek oshpazlari Bahriddin Chustiy va Zabihullo Toirov milliy mahsulotlardan mamlakatning ulkan xaritasini tayyorlab, rekordlarni qayd qilib boruvchi "Interrekord" xalqaro agentligi ro‘yxatidan joy oldi.

Noyob xaritaning uzunligi 6 metr, eni 3 metr. Uning yaratilishi uchun 20 xilga yaqin mahsulot, jumladan, devzira guruch, Qo‘qon holvasi, mosh va qazi, somsa, uzum, novvot, yong‘oqning har-xil turlari va shirinliklardan foydalanildi.