Jahon | 08:59 / 07.03.2016
4449
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatida yollanma jangarilar dezertirlik qilmoqda

Kamida 80 nafar xorijiy yollanma jangarisi Suriyaning Dayr-az-Zor viloyati hududida IShID nazorati ostida bo‘lgan hududdan qochib ketgan. Bu haqda Sputnik agentligi mahalliy manbalariga tayanib xabar tarqatgan.

"IShID ayni vaqtda ularni izlamoqda. Jangarilar qochoqlarni to‘xtatish uchun viloyat hududidagi yo‘llarda bir qancha to‘siq-barrikadalar qurishgan", deydi manba.

Keyingi vaqtlarda IShID safidan xorijlik yollanma jangarilarning qochib ketishi ko‘p bor kuzatilmoqda.

Dayr-az-Zor Iroq bilan chegaradagi viloyat bo‘lib, hududdan Frot daryosi oqib o‘tadi. Daryo qirg‘oqlarida jangarilar nazorat o‘rnatgan. Ayni vaqtda Suriya armiyasi jangarilarga qarshi yurishlar olib bormoqda. Frot daryosining yuqori qismida joylashgan Dayr-az-Zor va Raqqa viloyatlariga esa hukumat qo‘shinlari yetib kelmagan.