Jahon | 17:10 / 07.03.2016
11633
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonlik chegarachilar Afg‘oniston bilan chegarada qurolli guruh bilan to‘qnashdi

Tojikiston chegarachilari qurollangan guruhning uch nafar jangarisini qo‘lga oldi. Bu haqda Tojkiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Muhammad Ulug‘xo‘jayevning so‘zlariga asoslanib, RIA Novosti xabar tarqatgan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, 5 mart kuni tongid chegarani buzgan qurolli guruhni yo‘q qilish operatsiyasi davom etmoqda. Jangarilardan Fasxiddin Qurbon isimli bir kishi yo‘q qilingan, yana bir jangari jarohatlangan holda qo‘lga olingan.

"Chegara qo‘shinlari 7 mart kunidan boshlab Panj daryosi bo‘ylab joylashgan orolchalarda “tozalash” ishlari olib bormoqda", — deb qo‘shimcha qilgan u.

Afg‘oniston hukumati xabariga ko‘ra 9 kishidan iborat ushbu qurolli guruh "Tolibon" harakati ta'sirida bo‘lib, guruh rahbari — Arbob ismli sobiq kontrabandachi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish