Zinedin Zidan: "Mendan ham norozi bo‘lib hushtakbozlik qilishgan, bu gohida yaxshiroq o‘ynashga undaydi"
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi afsonaviy Zinedin Zidan "Roma"ga qarshi Chempionlar Ligasining nimchorak finalining javob uchrashuvidan oldin italyan klubining kuchiga tahsin aytdi. Uning aytishicha, "Real"ning birinchi uchrashuvdagi 0:2 hisobidagi g‘alabasi hali hech narsani anglatmaydi.
"Roma" juda kuchli raqib, biroq men o‘z jamoam haqida ko‘proq qayg‘urmoqdaman. Bilaman, juda og‘ir bo‘ladi. Biroq biz e'tiborni saqlab qolishimiz kerak. Agar tegishlicha o‘ynamasak, o‘yinni boy berishimiz mumkin. Bu hammaga tushunarli bo‘lishi kerak. Bu uchrashuv biz uchun juda muhim o‘yindir, chunki u jadval bo‘yicha navbatdagi o‘yin. Bunday o‘yinlar yodda qoladi. Men futbolchi bo‘lganimdagi tuyg‘ularimni hali ham eslayman. Bizning jamoa va ba'zi o‘yinchilar nomiga norozilik hushtaklari haqida gapiradigan bo‘lsak, bunday holatlar doimo bo‘ladi. Menga ham hushtakbozlik qilishgan. Boshqa o‘yinchilarga ham. Ba'zida bu yaxshiroq o‘ynashga undaydi", deb o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Zidan.
"Real"-"Roma" uchrashuvi 8 martda Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.