Jahon | 19:32 / 08.03.2016
3320
1 daqiqa o‘qiladi

BMTda Yevropa Ittifoqi va Turkiyaning qochqinlar inqirozini hal qilish bo‘yicha kelishuvidan xavotir bildirilmoqda

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Yevropa Ittifoqi va Turkiyaning ba'zi qochqinlarni orqaga Turkiya yuborish bo‘yicha kelishuvidan xavotir bildirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Boshqarmaning Yevropadagi bo‘limi boshlig‘i Vinsent Koshetel ba'zi millatlar Turkiyada yetarlicha himoyalanmasligini ta'kidlab o‘tdi. Uning aytishicha, Turkiya afg‘onistonlik, eronlik va iroqlik qochqinlarni deyarli qabul qilmaydi, ularni soni esa juda kam, taxminan 3 foizni tashkil qiladi.

"Turkiyada himoyaga ega bo‘lmaydigan odamlarni orqaga yuborish xalqaro huquq va Yevropa huquqi sohasida bir qator muammolarning yuzaga kelishini anglatadi", deb qo‘shimcha qildi Koshetel.

Koshetel yaqin 10 kun ichida odamlar Turkiyaga qaytishda "boshpana berish iltimoslari ko‘rib chiqilishiga ruxsat olishlari mumkin bo‘ladigan" muayyan sondagi qo‘shimcha kafolatlar taqdim qilinishiga umid bildirdi.