Doha ko‘chalarini to‘sib qo‘ygan yo‘lbars
Qatar poytaxti Doha shahrida taxminan 22 fevral kuni mashinalarning ko‘chada harakatini to‘xtatib ko‘ygan “qaroqchi yo‘lbars”ning videosi ommalashdi.
Videoning tasvirga tushirilgan vaqti va sanasi noma'lum, lekin Doha aholisining so‘zlariga ko‘ra, video WhatsApp va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan.
Yo‘lbarsni voqea joyida o‘z egasi bilan turganini ham ko‘rishgan. Bu hodisa darhol kamera nishoniga tushgan, keyin esa yo‘lbars qo‘yib yuborilayotgan paytda olingan bir necha boshqa suratlar ham Twitterda ommalashib ketgan.
Hozirda bu sahnalashtirilgan videorolik ekanligi haqida tvitlar ham juda ko‘payib ketgan.
Davlat xodimlaridan voqeaning batafsil ma'lumotlari va yo‘lbarsning tutilganligi haqida haligacha xabar kutilmoqda.
In #Doha - a happy, probably toothless pet on the loose pic.twitter.com/o0W4UQShYs
— jane dutton (@janedutton) 8 marta 2016 g.