Jahon | 20:32 / 08.03.2016
14667
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondagi birinchi McDonald’s restoranidan fotolavhalar

8 martda Qozog‘iston poytaxti Ostonada mamlakatdagi birinchi Makdonalds restorani ochildi. Mahalliy vaqt bilan soat 12 da boshlangan tadbir tezda odamlarni yig‘a boshladi. Biroq tirbandlik va sarosima kuzatilmadi, deb xabar bermoqda nur.kz muxbiri.

Restoranga mijozlar tiqilinch yuzaga kelmasligi uchun guruh-guruh qilib kiritildi. Yangi tamaddixonaga asosan talabalar va o‘quvchilar tashrif buyurgan.

Qayd etish joizki, Makdonalds’dagi taomlar Rossiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlardan tayyorlanadi, Qozog‘iston mahsulotlaridan yaqin yillarda foydalanila boshlanadi. Olmaotada salat va bulochkalar tayyorlovchi zavodlar qurish rejalashtirilmoqda.

Yaqin orada Qozog‘istonda yana 15 ta shunday restoran ochish rejalashtirilmoqda.

Bu orada raqobatchilar ham faollashmoqdalar, yangi Makdonalds hududida uning asosiy raqobatchisi Burger King tamaddixonalar tarmog‘ining aksiyalari haqida ma'lumot berilgan varaqlar tarqatildi.