Jahon | 22:11 / 08.03.2016
7462
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri BMTning inson huquqlari bo‘yicha sessiyasidan ketib qoldi

Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Su Yon o‘tgan haftada boshlangan BMTning inson huquqlari bo‘yicha sessiyasiga boykot e'lon qilib, Pxenyanga qaytib ketdi. Bu haqda Shimoliy Koreya OAVga iqtibos keltirgan holda "Ryonxap" axborot agentligi ma'lum qildi.

Jyenevada bo‘lib o‘tayotgan sammitda Li Su Yon o‘z nutqida AQSh va boshqa davlatlar Shimoliy Koreyaning harbiy salohiyatini ko‘rayotgani sababli, inson huquqlari buzilishi mavzusiga murojaat qilmoqdalar, deb aytdi.

U, shuningdek, Pxenyan inson huquqlaridan siyosiy vosita sifatida foydalanadigan davlatlarga keskin munosabatda bo‘lishini aytdi.