Jamiyat | 11:15 / 09.03.2016
1882
2 daqiqa o‘qiladi

Tsukerberg AQSh Oliy Sudini Obamaning muhojirlar bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg Obamaning muhojirlarni deportatsiyadan vaqtinchalik himoya qilish bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab murojaat qiluvchi xatga imzo qo‘ydi. Murojaat xatining to‘liq matni Tsukerberg tomonidan yaratilgan FWD.us rasmiy saytida e'lon qilindi. Bu sayt muhojirlar muammosini bartaraf etishda yordam berish maqsadida ochilgan.

“Moliyaviy yordam berishni o‘rniga, bizning maxsus idoralarimiz Amerika kompaniyalarining samarali faoliyatlariga to‘siqlar paydo qilganlar va bu esa ularning halqaro bozorda raqobat qilishlariga xalaqit beradi”, - deyiladi murojaat xatining matnida.
Murojaatda Amerika tadbirkorlarining 63 nafari o‘z imzolarini qo‘yishdi.

Avvalroq, Oq uyda Oliy sud Obamaning muhojirlar bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatlashiga ishonishadi, deb xabar berilgan edi.
2014 yilning noyabr oyida Obama 5 million "hujjatsiz muhojirlar"ni deportatsiyadan saqlab qoluvchi qaror qabul qilgan edi.