Jahon | 10:21 / 09.03.2016
7226
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroparlament deputatlari Putinga qarshi sanksiya kiritishmoqchi

Yevroparlament deputatlari Nadejda Savchenka masalasi tufayli Rossiya prezidenti Vladimir Putin va yana 28 nafar boshqa mansabdorlarga nisbatan shaxsiy cheklovlar o‘rnatish haqida Yevropa diplomatiyasi yetakchisi Federika Mogeriniga murojaat qilishdi. 

57 qonunchi tomonidan imzolangan ushbu murojaatda, yevrodeputatlarning fikri bo‘yicha “Savchenkoni o‘g‘irlash, Rossiya hududiga olib o‘tish, noqonuniy ushlab turish va yasama ayblarni bo‘yniga qo‘yish haqidagi siyosiy qarorga javobgar”lar ro‘yxati ma'lum qilingan, deb xabar beradi RIA Novosti.

Bu qora ro‘yxatga Putindan tashqari Rossiya FQB rahbari Aleksandr Bortnikov, Gosduma komitetining xalqaro masalalar bo‘yicha raisi Aleksey Pushkov va boshqa mansabdorlar kiritilgan.