O‘zbekiston | 15:44 / 09.03.2016
3111
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda mobil foydalanuvchilari soni 27 mln nafardan oshishi kutilmoqda

O‘zbekiston hukumati 2020 yilga kelib mobil foydalanuvchilari sonini ichki yangi baza stansiyalarini joriy etish evaziga 27 mln nafarga yetkazishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda 2016-2020 yillarda soha taraqqiyoti dasturida ma'lumot keltirilgan.

Shu o‘rinda, mobil aloqa 2015 yilga qaraganda uch baravar ortadi, har yilgi ko‘tarilish ko‘rsatkichi 27 foizni tashkil etadi.

Ma'lum bo‘lishicha, UzMobile 3,7 ming yangi baza stansiyasi, Ucell — 969 stansiya, Beeline esa 1,2 ming stansiya qurishni rejalashtirgan.

Bundan tashqari, jamoat joylarida, xususan, mehmonxonalar, aeroport va otellarda Wi-Fi tarqatish uchun routerlar o‘rnatiladi.