Jahon | 18:08 / 09.03.2016
4648
1 daqiqa o‘qiladi
Peterburglik dotsent 74 yoshli professor otasining zarbasi tufayli jon berdi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida g‘aroyib jinoyat ishi ko‘rilmoqda: Rossiya politexnika universitetining sobiq dotsenti, 48 yoshli Konstantin Gagarin xuddi shu oliy o‘quv yurtining professori, 74 yoshli otasi tomonidan urib o‘ldirilgan. Bu haqda «Fontanka.ru» xabar bergan.
Mutaxassislar ayni damda o‘lim sabablarini o‘rganishmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u otasi bilan 9 mart tunida, o‘zlari yashaydigan uyda urishib qoladi. Janjal vaqtida Yuriy Gagarin o‘g‘lini uradi, o‘g‘li esa yiqilib tushib, voqea joyida joni uziladi.
Nashr keltirgan ma'lumotga ko‘ra, marhumning qonida kasallik bo‘lgan, otasi esa ilgari boks bilan shug‘ullangan.
Rossiyaning Peterburgdagi qo‘mitasi 48 yoshli erkak o‘z uyida jonsiz holda topilganini tasdqilagan.