Sport | 12:19 / 09.03.2016
8260
2 daqiqa o‘qiladi

Sinxua: "Guanchjou Evergrand" "Real"dan dunyoning eng qimmatbaho klubi maqomini tortib oldi

Xitoyning "Guanchjou Evergrand" jamoasi dunyoning eng qimmatbaho klublari reytingida Ispaniyaning "Real" jamoasidan o‘zib ketgan. Bu haqda Sinxua agentligi ma'lum qilgan.

8 mart kuni xitoyliklar jamoasining aksiyalari NEEQ birjasida 3,35 mlrd dollarga baholandi. "Real"ning aksiyalarining umumiy bahosi esa 3,26 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu boradagi uchinchi o‘rin "Manchester Yunayted"niki - 2,35 mlrd dollar.

O‘z navbatida xitoyliklar jamoasining daromadlari yuqori emas. Manchesterliklarning o‘tgan yildagi daromadi 400 mln dollar atrofida bo‘lgani holda xitoyliklar jamoasi 61 mln dollar ishlagan.

"Guanchjou Evergrand" jamoasiga 1954 yilda asos solingan. Ayni vaqtda jamoani braziliyalik taniqli mutaxassis Luis Felipe Skolari boshqarmoqda. Bu jamoa 5 marta Xitoy chempioni bo‘lgan. Shuningdek, 1 marta mamlakat kubogida va 2 marta Xitoy Superkubogida zafar quchilgan.

Jamoa qishki transferlar vaqtida 42 mln yevro evaziga "Atletiko"dan Jyekson Martinesni transfer qildi. Jamoa tarkibida shuningdek Paulino va Rikardo Gulart (har ikkisi braziliyalik) kabi tajribali futbolchilar ham to‘p surishadi.