Yo‘lovchilar quyosh tutilishiga guvoh bo‘lishi uchun Alaska Airlines samolyotining parvozi kechiktirildi
Alaska Airlines aviakompaniyasi Ankorijadan Gonoluluga uchayotgan samolyoti parvozini 25 daqiqaga kechiktirdi. Kompaniya matbuot xizmati xabarida aytilishicha, bunga yo‘lovchilarning quyosh tutilishi hodisasiga guvoh bo‘lishlariga imkon yaratib berish tashabbusi sabab bo‘lgan.
Astronom Jo Rao bir necha oy oldin bu samolyotda 25 daqiqa kech parvozga chiqsa, quyosh tutilishini aniq tomosha qilishi mumkinligini aniqlagandi.
Shundan so‘ng Alaska Airlines boshqa yo‘lovchilardan ham parvoz jadvalini o‘zgartirish bo‘yicha talablar ola boshladi. Raodan tashqari bu samolyot bortida boshqa astronomlar ham bo‘lishgan va 2 daqiqa davomida Oy soyasi Yer yuzasiga yetishi, uning gardishi esa Quyosh gardishini butkul qoplashiga guvoh bo‘lishdi.
Man books a flight just to get the best view of the total solar eclipse from the sky: https://t.co/QtjxeLrN98 pic.twitter.com/q4u774mCNB
— ABC News (@ABC) 8 marta 2016 g.
ABC News nashri xabarida aytilishicha, bu astronomlar quyosh tutilishini ko‘rish uchun parvoz jadvalini o‘zgartirishi bo‘yicha ilk hodisa emas. 1990 yilda Trans Air aviakompaniyasi samolyoti ham yo‘lovchilar quyosh tutilishiga guvoh bo‘lishini ta'minlash uchun 41 daqiqa kechikib parvoz qilgandi.