Jahon | 07:25 / 10.03.2016
7801
1 daqiqa o‘qiladi
AP: AQSh IShIDning kimyoviy qurol yaratuvchi bosh muhandisini qo‘lga oldi
AQSh maxsus kuchlari IShIDning kimyoviy qurol yaratuvchi bosh muhandisini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Bu haqda Eron razvedkasidagi ikki manba ma'lum qildi.
Muhandis fevral oyida Iroq shimolida o‘tkazilgan reyd davomida qo‘lga olingan.
Ta'kidlanishicha, bu kimsaning nomi Sulaymon Dovud al-Afariy bo‘lib, u bir vaqtlar Saddam Husaynga ishlagan, hozirda esa IShID uchun kimyoviy va biologik qurol yaratish bilan shug‘ullanib kelgan.