Jamiyat | 18:17 / 10.03.2016
3732
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyalik har beshinchi bola mevalar daraxtda pishishidan bexabar

Ma'lumotlarga ko‘ra, avstraliyadagi har to‘rtinchi bola qaymoq sigir sutidan olinishini bilmaydi, har beshinchi bola esa mevalar daraxtda pishishidan bexabar. Bu xususida yangi tadqiqotlarga asoslanib, Daily Mail xabar bermoqda.

Shuningdek, 40 foiz avstraliyalik bolakay tuxum qaynatishni bilmaydi. Bundan tashqari, mamlakatning har to‘rtinchi yosh fuqarosi oilasi bilan doimiy ravishda o‘tirib, kechki ovqatni yemas ekan.

Mutaxassislar 1000 nafar bolani o‘rganishdi. Ularning ikki-uch nafari yangi mahsulotlarni emas, balki qayta ishlanganlarini ma'qul ko‘rishadi.

Ekspertlarning aytishicha, har to‘rtinchi avstraliyalik bola ortiqcha vazn va semizlikdan qiynaladi. Shuning uchun bolalarni to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgatish juda zarur sanaladi.