17:15 / 10.03.2016
2799

Blatter: JCh ishtirokchilari sonini oshirish yaxshi g‘oya emas. Ba'zilarga qolsa 128 jamoani taklif qiladi

FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter o‘z tug‘ilgan kunida (u bugun 80 yoshga to‘ldi) kelgusidagi jahon chempionati musobaqalari haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Siz ishtirok etadigan jamoalar soni oshirilishi g‘oyasini tanqid qildi.

- Janni Infantino JCh ishtirokchilari sonini 32 tadan 40taga yetkazishni istamoqda. Bu yaxshi g‘oyam?

"Mening fikrimcha, bu yaxshi g‘oya emas. Ishtirokchi jamoalar 32taligicha qolgani yaxshi. Bu sinovdan o‘tgan tizim.

- Lekin ushbu g‘oya Infantinoga saylov vaqtida ovozlar olib keldi...

"Ha. Unda keyingi nomzod jamoalar sonini 44tagacha oshirish kerak deb aytadi. Qani chegara? Balki, tennisdagidek o‘ynasa ham bo‘lar? 128 jamoa bilan. Olimpiya tizimi bo‘yicha. Bu haqiqatdan ham ajoyib bo‘lardi" - deydi Blatter kinoya bilan.

Top