Jahon | 10:48 / 10.03.2016
2139
1 daqiqa o‘qiladi
Braziliyaning sobiq prezidentiga korrupsiya ishi bo‘yicha ayblov qo‘yildi
San-Paulu prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Inasiu Lule da Silvaga davlat mablag‘larini yuvish ishi bo‘yicha ayblov qo‘ydi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Prokuratura vakili sobiq prezident aynan nimada ayblanayotganini aniqlashtirib o‘tmadi.
Shuningdek, sobiq prezidentning oilasi Guaruja shahri sohilida deklaratsiya qilinmagan kvartiraga egalik qilishda gumon qilinmoqda.
Avvalroq Braziliya prezidenti Dilma Rusef da Silvaning yoniga tashrif buyurib, uni qo‘llab-quvvatlov bildirgan.
4 martda politsiyada so‘roq qilingandan keyin da Silvaga hech qanday ayblov e'lon qilinmagandi.