Fan-texnika | 14:40 / 10.03.2016
10519
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyo mamlakatlariga o‘zbek avtomobillari sinov tariqasida yetkazib berila boshlandi

«O‘zavtosanoat» AK mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarni xorij bozorlariga yo‘naltirish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Duyoning bir nechta davlatiga, jumladan, Gana, Gabon, JAR, Misr, Angola, Kabo-Verde, Madagaskar va Kot-d’Ivuarga O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sinov tariqasida yetkazib berildi, deyiladi kompaniya axborot xizmati bergan ma'lumotda.

Avtomobillarning qancha miqdorda yetkazib berilgani haqidagi ma'lumotga oydinlik kiritilmagan. Shu bilan birga, yetkazib berilgan avtomobillarning rusumi ham ma'lum qilinmagan.