Jamiyat | 14:25 / 10.03.2016
9515
2 daqiqa o‘qiladi

Kun fotosi: Sahrodagi toshqin

9 mart kuni BAAda kuchli shamollar bilan birga juda qattiq yog‘ingarchilik bo‘lib, katta shaharlarning ko‘cha va yo‘llarini suv bosib qoldi. Faqatgina Dubayning o‘zida yomon ko‘rish qobiliyati va yo‘llardagi qiyin sharoit tufayli 253 yo‘l-transport hodisalari ro‘yxatga olingan.

Maktablar vaqtinchalik yopilgan, Abu-Dabi va Dubay aeroportlari hamda fond bozori faoliyati to‘xtatilgan, shuningdek, «Abu Dhabi Air Expo» ko‘rgazmasi yomg‘ir tufayli bekor qilingan.

Bir yilda BAAda taxminan 78-100 millimetr yog‘ingarchilik kuzatiladi, ammo 9 mart kuni Al-Ayn shahrida 240 millimetrlik yog‘in ro‘yxatga olingan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari odatda yog‘ingarchilik kam bo‘lgan mintaqada sodir bo‘layotgan voqealarni suratga va videoga olib yuklashgan.