Mariya Sharapova o‘z muxlislariga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi
Doping mojarosiga aralashib qolgan rossiyalik tennischi Mariya Sharapova feysbuk orqali o‘z muxlislariga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi.
7 martda Sharapova maxsus matbuot-anjumanida undan Avstraliya ochiq chempionatida yanvarda olingan namunada 1 yanvardan taqiqlangan meldoniy moddasi aniqlanganini tan oldi.
"Kecha ertalabdan pochtamni ochganimda menga qo‘llab-quvvatlov bildirilgan ko‘plab xatlarni ko‘rdim. Birinchi maktub mening eng yaxshi dugonamdan edi. U meni bir so‘z bilan ham yig‘lata, ham kuldira oladi.
Men tongni yaxshi ko‘raman. Yangi kun, yangi ibtido... Bugungi kun men uchun boshqacha bo‘ldi. Men faqatgina tennisga qaytishimni xohlashimnigina o‘ylay olaman va menda yana kortga chiqish uchun imkoniyat bo‘lishiga umid qilaman. Albatta, men bunday vaziyatga tushmaslikni afzal ko‘rgan bo‘lardim, biroq unga tushib qoldim. Men trenajyor zaliga bordim, chunki men yaxshilab terlashim kerak edi. Shu on men oynalari qoraytirilgan ko‘plab avtomobillar meni taqib qilayotganini angladim. Eski, qadrdon paparatstsi ishini boshlab yuboribdi.
Men internetda uncha ko‘p vaqt o‘tkazmayman. Men o‘zimga antikvar qahva stolini qidirgani internetga kirgandim. Biroq mening do‘stlarim sizning ajoyib xabarlaringiz va xeshteglaringiz ("YaZaMariyu", "DayteMariiIgrat") bilan kollaj yaratishibdi. Men kunduz kuni bu maktublarni o‘qidim, mening itim esa bu jarayon u bilan sayr qilishdan muhimroq ekanligini tushunmas edi.
Men bunday vaqtlarda, sizlarni o‘z muxlislarim deb ayta olishimdan faxrlanaman. Mening e'lonimdan keyin siz meni qo‘llab-quvvatladingiz va o‘zingizning sadoqatingizni ko‘rsatdingiz. Men siz shuni bilishingizni istayman: sizning ajoyib so‘zlaringiz menga jilmayishga imkon berdi. Men o‘ynashni istayman va bunday imkonni olishimga umid qilaman. Sizning xabarlaringiz meni juda ham qo‘llab-quvvatlaydi. Barchangizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Hammangizga kattakon rahmat", deb o‘z minnatdorchilik so‘zlarini bildirdi tennischi.