Jamiyat | 14:31 / 10.03.2016
2324
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda havo harorati 2000 yildagi rekordni yangilab 25 darajagacha ko‘tarildi

9 mart kuni havo Nyu-Yorkda havo harorati yangi rekord darajada isib ketdi. Kun o‘rtasida Manxetten markaziy xiyobonidagi havo harorati 25 darajaga yetdi. Bu haqda AQSh milliy meteorologiya xizmati ma'lum qilgan.

2000 yilning 9 mart kuni havo haroratining maksimum darajasi qayd etilgan edi — 20,6 daraja issiq. Ob-havo ma'lumotlariga ko‘ra, shaharda bunday havo harorati bir necha kun saqlanib turadi. Ma'lum qilishlaricha, 10 mart kuni ham yangi rekord o‘rnatilishi mumkin. Ammo shunga qaramay qisqa muddatga yog‘ingarchilik ham kuzatiladi.

Issiq havo harorati qo‘shni Boston (Massachusets shtati, 25 daraja), Nyuark (Nyu-Jyersi shtati, 27 daraja) shaharlarida ham kuzatilgan.