O‘zbekiston | 09:59 / 10.03.2016
10437
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun muzlatgich kameralari quriladi
O‘zbekiston hukumati 2016-2020 yillarda 325 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun muzlatgich kameralari qurishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston hukumati 2016-2020 yillarga xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Dasturda zamonaviy muzlatgich kameralari qurish ko‘zda tutilgan.
Dasturga ko‘ra, O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun 2016 yilda 62 ming tonnalik, 2017 yilda 64 ming tonnalik, 2018 yilda esa 65 ming tonnalik, 2019 yilda 66 ming tonnalik, 2020 yilda 68 ming tonnalik muzlatgich kameralari qurish rejalashtirilgan.