Fan-texnika | 15:07 / 10.03.2016
3453
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbektelekom» provayderlar uchun internet-xizmatlari ta'riflarini yana tushirdi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 2016-yil 17-fevral kunidan O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar 1 Mbit/s. uchun (tashqi kanalda) $136,34 ga tushirilganini ma'lum qiladi, deb xabar beradi kompaniyaning rasmiy sayti.

Ma'lumotlarga ko‘ra joriy yilning o‘zida narxlar uch marotaba tushirilgan. Tariflar 1 Mbit/s. uchun 13-yanvardan $156,24 gacha, 1-fevraldan 1Mbit/s. uchun $141,94 gacha, 17-fevraldan 1Mbit/s. uchun $136,34 gacha arzonlashtirilgan.

Kompani o‘tgan yilda narxlarning o‘n yetti marta tushirilgani haqida ma'lum qildi.