20:34 / 10.03.2016
5736

Putin: Rossiya yutuqlardan o‘zidan ketishdan saqlanishi kerak

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya yutuqlardan o‘zidan ketishdan saqlanishi kerak, chunki hali ko‘plab hal qilinmagan muammo va masalalar mavjud, deb aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

10 martda Putin Kremlning Georgiyevskiy zalida davlat mukofotlarini topshirdi.

Putin taqdirlanganlarga o‘ziga bildirilgan iliq so‘zlar uchun minnatdorchilik bildirib, u uchun mukofotlarni topshirish katta sharaf ekanligini aytdi.

Putinning aytishicha, mamlakatda ko‘plab hal qilinmagan muammolar mavjud.

"Bizda hali hal qilinmagan ko‘plab masala va muammolar mavjud, juda ko‘p. Va biz, albatta, bu yerda yutuqlardan boshimiz aylanadigan holatdamasmiz. Hech qanaqasiga. Biroq siz va siz kabi Rossiyaning buyuk insonlari bu zalda qancha ko‘proq bo‘lsangiz, biz oldimizda turgan masalalarni shunchalik tez hal qilamiz", deb aytdi Putin.

Top