Jahon | 15:07 / 10.03.2016
5151
1 daqiqa o‘qiladi

Savchenko Poroshenkoning iltimosiga ko‘ra ochlikni to‘xtatdi

Ukrainalik uchuvchi, ayni vaqtda Rossiya sudida bo‘lgan Nadejda Savchenko o‘zi e'lon qilgan ochlikni to‘xtatdi. Bu haqda uning advokati Nikolay Polozov tvitterdagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.

Aniqlik kiritilishicha, Savchenko Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning iltimosiga binoan shunday qaror qabul qilgan.

"Xudoga shukr, Nadya Savchenko ochlikni to‘xtatdi. Bunda prezident Petro Poroshenkoning so‘zlari va uni qo‘llab-quvvatlagan boshqalarning iltimoslari ta'sir ko‘rsatdi.

Bundan oldinroq, Poroshenko Savchenkoni almashtirish uchun takliflarni kutishi haqida aytib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, Savchenko 4 mart kuni ochlik e'lon qilgandi. U Donbassdagi muxbirlarning o‘limida ayblanmoqda. Prokuror unga 23 yillik qamoq jazosi talab qilgan.