09:20 / 10.03.2016
4380

Shimoliy Koreya dengizga 2ta ballistik raketa uchirdi

Shimoliy Koreya hukumati dengizga 2ta kichik masofaga harakatlanuvchi ballistik raketalarini uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreyadagi harbiylarga asoslangan holda "Yonhap" agentligi xabar tarqatgan.

Raketalar shimoldagi Xvanxe viloyati hududidan uchirilgan va Yapon dengizining Vonsan shahar-portiga yaqin qismiga tushgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, raketalar 500 km masofaga harakatlangan.

Bundan oldinroq, Shimoliya Koreyada ixcham yadro kallaklari ishlab chiqilgani haqida xabar berilgandi.

Top