Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 20:55 / 10.03.2016
1677
1 daqiqa o‘qiladi
TIVda Xitoy elchisi bilan Toshkentda o‘tadigan ShHT tadbirlariga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi
10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sun Lijie bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Vazirlik matbuot xizmati xabar berishicha, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Xitoyning mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi hamda O‘zbekistonning ShHTga raisligi davrida Toshkent shahrida bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish