Sport | 11:51 / 11.03.2016
3222
2 daqiqa o‘qiladi

Angliyalik futbolchi boshidan jarohat oldi va "1996 yilga tushib qoldi"

Chempionshipdagi 20 fevral kuni o‘tkazilgan uchrashuvlardan birida "Byornli" jamoasi futbolchisi Maykl Kin «Roterhem» futbolchisi bilan to‘qnashib ketdi hamda boshidan jarohat oldi.

«Men o‘yinni davom ettirishga tayyorligimni his qilardim. Lekin keyinroq atrofni yaxshi ko‘rmayotganimni sezdim. Mening boshim aylana boshladi va o‘tgan kunlarda hayotimda nima bo‘lganini eslay olmay qoldim.

Doktor mendan hozir qaysi yil ekanini so‘radi. Men 1996 yil ekanini aytdim. Men o‘sha yildaman deb o‘ylardim. Shifoxonada menga yaxshi qarashdi. Bir necha marta rentgenda bo‘ldim. Qaytishim uchun vaqt talab etildi, lekin hozir o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman.

Endi aytishim mumkinki, murabbiy meni almashtirib to‘g‘ri qilgan. Gap miya chayqalishi haqida ketganda ehtiyot bo‘lish kerak. Boshdan ayrilib qolish mumkin", deydi Kin.

2015 yilning noyabrida Angliya futbol assotsiatsiyasi futbolchida miya chayqalishi yuz bergani gumon qilinsa, uni darhol almashtirish kerakligi haqida qaror chiqargandi.