09:48 / 11.03.2016
2086

«Barselona» «Kamp Nou»ning rekonstruksiyasi loyihasini namoyish qildi

Kataloniyaning «Barselona» klubi uy stadioni «Kamp Nou»ning rekonstruksiyasi loyihasini namoyish etdi. Loyiha suratlari klub rasmiy saytida chop etilgan.

Unga ko‘ra, o‘tkazilgan tender natijalariga ko‘ra eng yaxshi ariza deb Yaponiyaning Nikken Sekkei va Kataloniyaning Joan Paskual hamda Ramon Ausioga tegishli arxitektura firmasining qo‘shma loyihasi g‘olib deb topildi.

G‘olib nomi klubning besh nafar vakili, Kataloniyaning uch nafar arxitektori va shahar kengashi xodimlaridan iborat hay'at a'zolari tomonidan berilgan ovozga ko‘ra aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Kamp Nou»ning umumiy sig‘imi 98 mingdan 105 ming o‘ringa oshirilishi xabar qilingandi. Mazkur rekonstruksiya ishlari 2021/22 yilgi mavsum boshiga qadar tugallanishi rejalashtirilgan.

Top