20:39 / 11.03.2016
1646

Benites «Nyukasl» bosh murabbiyiga aylandi

Rafael Benites «Nyukasl»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

«Qarg‘alar» jamoasi rasmiy saytida xabar berilishicha, 55 yoshli mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma tuzilgan. Shartnomaning boshqa jihatlari hozircha ma'lum emas.

Biroz oldinroq, jamoa Stiv Maklarenni iste'foga chiqargani haqida ma'lum qilingandi.

Ayni vaqtda, 28 tur o‘yinlaridan keyin «Nyukasl» 24 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalining 19 o‘rnida bormoqda.

Ma'lumot uchun, Rafael Benites avval ham Angliya premer-ligasida ishlagandi. U 2004 yildan 2010 yilgacha «Liverpul»da, 2012 yildan 2013 yilgacha «Chelsi»da bosh murabbiy sifatida ishlagandi.

Top