Colgate-Palmolive direktori kokain mojarosi tufayli lavozimini tark etdi
Colgate-Palmolive Co. Kompaniyasi va Kanada Qirollik banki direktori Jao Pedro Reynxard kokain giyohvandlik moddasini tarqatishda ayblanganidan ikki hafta o‘tib o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar tarqatmoqda.
Joriy yilning 23 fevral kuni Kanada qirollik politsiyasi 70 yoshli Jao Pedro Reynxardni giyohvandlik moddalarini tashish va sotishda ayblab chiqqandi.
Qirollik banki 10 mart kuni Reynxardni hech qanday tushuntirishlarsiz direktorlar kengashidan chetlatishga qaror qildi. Qayd qilinishicha, Reynxard Kanadadagi bu yirik bankka 2000 yildan buyon direktorlik qilib kelayotgandi.
Reynxard shuningdek Colgate-Palmolive Co. direktorligidan ham ketgan. 6 aprel kuni direktorlar kengashi ishtirokida yangi saylov bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Manbada berilgan xabarga ko‘ra, Reynxard yangi kengashda o‘z o‘rnini saqlab qolishga harakat qilmaydi.