08:14 / 11.03.2016
2402

Yevropa ligasi: «Liverpul» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi

Yevropa ligasining 1/8 bosqich uchrashuvlari orasida eng markaziy o‘yin Angliyaning 2 klubi o‘rtasidagi uchrashuv bo‘ldi. Liverpulda o‘tgan dastlabki o‘yinda maydon egalari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

20-daqiqada Daniel Starrij penaltidan hisobni ochishga erishgan bo‘lsa, Firmino 73-daqiqada oradagi farqni 2taga yetkazdi.

Uchrashuvda bundan boshqa gol kiritilmadi. «Liverpul» «Enfild»da qiyinchiliksiz «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi va javob uchrashuvi oldidan o‘zi uchun juda qulay natijaga erishdi.

Javob uchrashuvi 17 mart kuni «Old Trafford» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

Yevropa ligasi, nimchorak final, dastlabki o‘yin
Liverpul – Manchester Yunayted 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 20, penalti Starrij, 2:0 – 73 Firmino.
Liverpul – Minole, Klayn, Lovren, Sako, Moreno, Lallana, Xenderson, Emre Jan, Koutino, Firmino (Oriji, 84), Starrij (Allen, 64).
Manchester Yunayted – De Xea, Varela, Smolling, Blind, Roxo, Shnayderlin (Shvaynshtayger, 79), Fellayni, Reshford (Kerrik, 46), Mata (Errera, 79), Depay, Marsyal.
Ogohlantirish: Xenderson (2), Depay (19), Lovren (43), Reshford (45), Koutino (49), Fellayni (60).

Top