Jahon | 16:06 / 11.03.2016
1385
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston yil davomida kosmosga 25 ta chet el sun'iy yo‘ldoshini uchiradi

Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti kelgusi moliyaviy yilda (2016 yil aprel – 2017 yil martgacha) Yer orbitasiga 25 dona xorijiy sun'iy yo‘ldoshlarni uchirishni reja qilgan.

Shu mazmundagi shartnomalar AQSh, Jazoir, Kanada, Germaniya, Yaponiya va Malayziya bilan tuzilgan.

Hindistonda xorijiy sun'iy yo‘ldoshlar uchirilishi nazorati mas'uliyati Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkilotining Antrix Corporation bo‘linmasi o‘z zimmasiga yuklatilgan.

Kompaniya 21 mamlakatning 57ta sun'iy yo‘ldoshini uchirib, 100 million dollar daromad qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish