Jasur Umirov xonanda Aziz Rajabiyga maslahat berdi
Xonandalar Jasur Umirov va Aziz Rajabiy “Darakchi” nashrining “Ring maydoni” loyihasida turli mavzular bo‘yicha fikriy bahsga kirishishdi.
“Xit” qo‘shiqlar yaratish borasida mulohaza bildirgan Jasur Umirov hamkasbiga “Gapim og‘ir botmasin, ammo sizga ikki og‘iz maslahat bermoqchiman. Zamonaviylik bilan milliy mumtoz bilimlaringizni birlashtiring. Yoshlarbop musiqa bilan mumtoz ohanglarni jamlagan holda, hali hech kim qilmagan yo‘nalishni olib chiqishingiz mumkin-ku”, deydi.
Aziz Rajabiy esa “Rostini aytsam, o‘zim ham bu borada ko‘p bosh qotirganman. Ammo faqati zamon talabi deb, yengil musiqalar bilan o‘zimni chegaralay olmayman. Men buyuk san'atkorlar avlodidanman. Bugun mashhur bo‘lish uchun hech narsadan tap tortmaydigan ayrim yoshlar singari o‘zimni har ishga uraversam, oila a'zolarim mendan xafa bo‘lishi mumkin”, deb javob bergan.