Jamiyat | 23:57 / 11.03.2016
1799
1 daqiqa o‘qiladi

Jyeyms Kuk sovg‘alari aborigenlarga qaytarib berildi

Britaniyalik tadqiqotchi Jyeyms Kukning sovg‘alari gavayilik aborigenlar (tub aholi)ga qaytirib berildi.

1779 yilda Kuk aborigenlardan yopinchiq va patli dubulg‘a qabul qiladi. Mahalliy aholi bilan munosabatlar yomonlashgach, tadqiqotchi joniga qasd qilinadi. Sovg‘alar shaxsiy to‘plamga aylanadi, keyinchalik Yangi Zelandiyadagi milliy muzeyda 100 yil davomida saqlanib kelinadi.

Sovg‘alarni tub aholiga qaytarib berish bo‘yicha muzokarlar 3 yil davom etdi. Yopinchiq va dubulg‘a Vellingtondagi muzey binosida aborigenlar vakiliga qaytarib berildi, deb xabar qiladi Maori Television. «Biz madaniyatimiz uchun juda muhim sanalgan narsalarni qaytarib olyapmiz», – deb ta'kidlashdi ular.

Yopinchiq va dubulg‘a Gavayi orolidagi Bishop muzeyida namoyishga qo‘yilishi rejalashtirilgan.